Kunu tun ishlovchi yangi «O‘zbekiston 24» axborot-tahliliy teleradiokanali 24 iyul kuni 10:00 da o‘z efirlarini boshladi. Kanal yaqinda yopilgan Diyor kanali chastotalarida faoliyat ko‘rsatadi.

Efir O‘zbekiston davlat madhiyasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng o‘zbek, rus va ingliz tillarida jamoa bilan tanishtirildi.

Telekanal logotipi.

Efirning birinchi soati davomida kanal hayotidan lavhalar, taniqli shaxslar, jumladan rossiyalik kardiojarroh Leo Bokeriya, Hindiston va Qozog‘iston elchilari, olimlar, jurnalistlar va oddiy tomoshabinlar tabriklari namoyish etildi.

«O‘zbekiston 24» kanali 24 iyul kuni 60 yoshni «>qarshi olgan Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keldi. Jurnalistlar murojaatida bir necha bor davlat rahbarlari tashabbuslari to‘g‘risida so‘z ketdi.

Kanalda 251 nafar mutaxassis faoliyat ko‘rsatadi. Ularning aksariyati Milliy teleradiokompaniyaning boshqa kanallarida ishlab, auditoriyaga tanilib ulgurgan. Kanal xorijda o‘z muxbirlik punktlarini ochishni rejalashtirmoqda.

Bunga qadar MTRKning 9 ta kanalida 56 ta yangiliklar dasturi efirga uzatilgan. Yangi kanalda bir vaqtning o‘zida «O‘zbekiston 24» va «O‘zbekiston» kanallarida namoyish etiluvchi «Axborot» va «Tahlilnoma» axborot-tahliliy dasturlar tayyorlanadi.