O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Kolpino shahrida yuz bergan yong‘in oqibatida halok bo‘lgan 7 nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadlari Sankt-Peterburg hokimiyati idoralari hamda «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi ko‘magida 17 iyul kuni Urganch shahriga (Xorazm viloyati) olib kelindi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, jasadlarning shaxsini tasdiqlash, vafot etganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarini rasmiylashtirish jarayonlari yakuniga yetdi va tergov organlaridan jasadlarni transportirovka qilishga ruxsat olindi.

Hozirgi vaqtda 13 iyulda sodir bo‘lgan yong‘in sabablarini aniqlash bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda.