O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi mamlakat tadbirkorlarini biznes muhitning muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etishga chorlamoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Tadbirkorlar o‘z faoliyatida soliq to‘lash, kredit olish, litsenziyalarni rasmiylashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash, ishchilarni yollash va boshqa sohalarda duch kelayotgan murakkabliklarni qanday hal etish to‘g‘risidagi takliflarni bo‘lishishlari mumkin.

Iqtisodiyot vazirligi takliflar uchun maxsus jadvalni elektron pochta orqali yuborishni so‘ramoqda.