O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent kengashiga Elbek Shukurov — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati va O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi raisining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari yetakchilikka saylandi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston Prezidentining 5 iyuldagi farmoni bilan Yoshlar ittifoqi Toshkent kengashi rahbari bir vaqtning o‘zida poytaxt hokimining maslahatchisi ham bo‘lib, uning maqomi hokimning birinchi o‘rinbosari bilan tenglashtiriladi.

Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkentda tug‘ilgan. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2005 yilda «Kamolot» Yoshlar ijtimoiy harakatida boshlagan, bir necha yillar davomida turli lavozimlarda, jumladan tashkilotning Toshkent shahar Kengashida faoliyat ko‘rsatgan.