8 iyul kuni Toshkentda sakkizta yo‘l-transport hodisasi qayd etilib, natijada sakkiz kishi og‘ir tan jarohati oldi va ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda poytaxt IIBB xabar qildi.

Xuddi shu kuni YPX inspektorlari tomonidan 2081 ta qoidabuzarlik aniqlangan bo‘lib, ularning 695 tasi qo‘pol qoidabuzarlikdir. 23 kishi mast holda mashina boshqargani uchun qo‘lga olindi.

Kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 8 iyul kuni jami 939 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 378 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysinmasdan harakatlanish, 561 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.