Alisher Abduazizov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori lavozimiga tayinlandi. Vazirlar Mahkamasi 27 iyun kuni shu haqdagi qarorni qabul qildi, deb xabar berdi hukumat portali.

Alisher Abduazizov bunga qadar Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi direktori o‘rinbosari, avvalroq — Respublika axborot-kutubxona markazi direktori va «Aloqaloyiha» kompaniyasi rahbari bo‘lgan.