O‘tgan yili Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) davlatlarining huquqni muhofaza qilish tuzilmalari tomonidan milliondan ziyod terroristik va ekstremistik xarakterdagi hujjatlar mavjud bo‘lgan 100 mingdan ziyod internet resurslarga to‘siq qo‘ydi. Bu haqda chorshanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klubda SHHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MAT) Ijroiya qo‘mitasi direktori general-polkovnik Yevgeniy Sisoyev ma’lum qildi.

U kibermakon xalqaro terroristik tashkilotlar a’zolari uchun o‘z maqsad va vazifalarini amalga oshirish, jumladan yoshlarni radikallashtirish, teraktlar, o‘z bo‘linmalarini boshqarishda ulkan imkoniyatlar yaratishini ta’kidlab o‘tdi.

“Biz tushunamiz va hech qanday xom xayollarga yo‘l qo‘ymaymiz, bu ayni paytda eng samarali chora emas, biroq bugun bundan voz kechishni ham mo‘ljallayotganimiz yo‘q”, — dedi u.

SHHT MAT Ijroiya qo‘mitasi direktori SHHTga a’zo davlatlarning kompyuter terrorizmiga qarshi kurash bo‘yicha ikkinchi jamoaviy shtab o‘quvlari dekabrda yana bir marta Xitoyda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. birinchi o‘quvlar 2015 yil oxirida Xitoyning Sinmin shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Yevgeniy Sisoyev SHHT tarkibiga Hindiston va Pokiston qo‘shilishi bilan tashkilot tadbirlarini o‘tkazishga ayrim o‘zgartishlar kiritilganini qo‘shimcha qildi.

“Endilikda bizning har qanday darajadagi tadbirlarimizda sakkiz davlat ishtirok etadi. Biz bu bir oz kechroq, taxminan 1 yanvardan bo‘lib o‘tadi, deb o‘ylagan edik, biroq normativ-huquqiy bazaning chuqur o‘rganilishi hamkasblarimiz a’zolikning birinchi daqiqalaridanoq bu jarayonga kirishishlari lozimligini ko‘rsatdi”, — dedi u.