O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 iyun kuni «Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorini imzoladi.

«O‘zbekiston musulmonlari idorasining 2017 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni 26 iyun dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qabul qilgan qarorini inobatga olib, 2017 yil 26 iyun dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin», — deyiladi hujjatda.