Shanba kuni poytaxt rahbariyati ishtirokida ochilgan Bobur nomidagi Toshkent Markaziy ekobog‘i dushanba kuni tashrif buyuruvchilar uchun yopildi.

Bunga bog‘ni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha ishlarni amalga oshirish va sug‘orish tizimini o‘rnatish sabab bo‘ldi, deb xabar qildi bog‘ ma’muriyati «Gazeta.uz"ga.

«Hozirda yangi avtomatlashtirilgan sug‘orish tizimi joriy etilib, «Sevgi oroli"da ko‘chat va gullar o‘tqazilmoqda, yugurish va velosiped yo‘laklarini bo‘yash ishlari yakuniga yetkazilmoqda», — dedi bog‘ ma’muriyati vakili.

Bog‘ 19 iyundan o‘z faoliyatini boshlaydi.