Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining 2 iyundagi qarori (PDF) bilan Toshkentdagi bir qator ko‘chalarga yangi nomlar berildi.

Mart oyida Prezident tomonidan ochilgan va Bog‘ishamol ko‘chasi bilan kesishuvchi Yunusobod tumanidagi yangi ko‘chaning bir qismiga rasman Do‘rmon yo‘li nomi berilib, shu nomdagi ko‘chaning davomi sifatida belgilandi. Uning ikkinchi qismi esa yana bir Yangishahar ko‘chasi nomi bilan atalib, uning davomiga aylantirildi. Xuddi shu tumandagi Ahrorobod 2-berk ko‘cha Ahrorobod tor ko‘chasi deb nomlandi.

Uchtepa tumanidagi Tuyatortar ko‘chasi Ko‘kcha Oqtepa ko‘chasi deb qayta nomlandi.

Yashnobod tumanidagi Pahlavon Mahmud 2-tor ko‘chasi Pahlavon Mahmud ko‘chasi, Musoxonov 1-tor ko‘chasi va 1−2-berk ko‘chalar — Pahlavon Mahmud tor ko‘chasi va 1−2-berk ko‘chalar deb nomlandi.

Bektemir tumanidagi Bordonko‘l ko‘chasi Majnuntol deb ataldi, sobiq 22-o‘rmon xo‘jaligi hududidagi to‘rtta nomsiz ko‘cha Oltintopgan 1−4-tor ko‘chalariga aylandi.

Olmazor tumanidagi qator yangi tor ko‘chalar Chuqursoy 6−7-tor ko‘chalari va 5−8-Noraztepa tor ko‘chalari bo‘ldi.

Sergeli tumanidagi Hamza ko‘chasi Favvora bo‘ldi, Qo‘yliq-6 mavzesidagi beshta yangi tor ko‘chali ko‘cha Nufuzli, Shoxruhiya ko‘chasi — Samo ko‘chasi (takrorlangani sababli), ikkita yangi berk ko‘cha — Samo 1−2-berk ko‘cha, Sayfi Olimov 1-tor ko‘cha — Qumariq 4-berk ko‘cha va yana beshta yangi tor ko‘cha — 2−6-Savatchi tor ko‘chasiga aylantirildi.

Yakkasaroy tumanidagi Fozilota qabristoniga avvalgi Yakkasaroy nomi qaytarildi.