Poytaxtdagi Buxoro ko‘chasi 10-uy manzilida joylashgan «Toshkent» Respublika fon birjasi binosi «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi hisobiga o‘tkaziladi.

Bu yerda akademik jamoalar chiqishlari uchun jahon standartlariga javob beruvchi zamonaviy konsert zali tashkil etiladi. Eslatib o‘tamiz, muqaddam ham bu yerda konsert zali mavjud bo‘lgan.

Karta: mg.uz.

Mazkur qaror O‘zbekiston Prezidentining 31 maydagi «Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori bilan tasdiqlandi.

Hujjatda yoshlarni teatr va muzeylar, konsert-ko‘ngilochar tadbirlarga tizimli ravishda jalb qilish yo‘li bilan ularning estetik tarbiyasini yaxshilash, ma’naviy-ma’rifiy darajasini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish ham ko‘zda tutilgan.