Toshkent Ichki ishlar bosh boshqarmasida 50 bosh xizmat oti biriktirilgan Otliq otryad tuziladi. Bu O‘zbekiston Prezidentining 1 maydagi «Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat tartibini ta’minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi қароридакўзда tutilgan.

Yangi tashkil etilayotgan otryad vazifalari ochiq joylarda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar chog‘ida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashda yuqori harakatchanlik hamda mobil to‘siqlar va halqalar tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.

Otliq otryad poytaxtning markaziy ko‘chalari, dam olish zonalari va aholi gavjum bo‘ladigan boshqa joylarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlarni ushlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘radi.

Otliq otryad IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Patrul-post xizmati brigadalari tuzilmasida tashkil etiladi.