2016 yilgi Olimpiada chempioni Fazliddin «Fayzi» G‘oyibnazarov (2−0−0, 1 KO) Nyu-Yorkdagi (AQSH) Madison Square Garden arenasida bo‘lib o‘tgan «Krouford — Dias» boks kechasi doirasida professional ringdagi ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Superengil vaznda (63,5 kg gacha) o‘zbekistonlik amerikalik Agustin Maurasga (6−2−4, 3 KO) qarshi 8 raundlik jangga kirishdi. Toshkent viloyatining Bekobod tumanidan bo‘lgan bokschi jangda yaqqol ustunlikka ega bo‘ldi: u chap qo‘li bilan raqibiga bir necha marotaba kuchli zarbalarni berdi. Barcha hakamlar bir ovozdan G‘oyibnazarovni g‘olib deb topdi (80/72, 80/72, 80/72).

Eslatib o‘tamiz, Egis Klimas o‘zbekistonlik bokschiga menejerlik, Top Rank kompaniyasi esa promouterlik qilmoqda.

Video