«Nukus» aeroporti 1 maydan aerovokzal majmuasini rekonstruksiya qilish ishlari boshlangani munosabati bilan xalqaro reyslar uchun vaqtincha yopildi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, HY 626 Nukus-Domodedovo-Nukus reysini «Urganch» aeroporti qabul qiladi.

Reyslar jadvali (mahalliy vaqt bilan)

  • HY 625 Urganch 10:35 — Domodedovo 12:25
  • HY 625 Domodedovo 13:35 — Urganch 19:25

Milliy aviakompaniya vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so‘radi.