25 apreldan 5 mayga qadar Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida «Toshkent bahori» IV xalqaro opera va balet san’ati festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Festivalda O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Gruziya va Ozarbayjondan opera va balet san’ati vakillari ishtirok etmoqda. Dasturdan Juzeppe Verdining «Traviata» va «Trubadur», Nikolay Rimskiy-Korsakovning «Shoh qaylig‘i», Mustafo Bafoyevning «Sevgi samosi» kabi operalari o‘rin olgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Xalq artisti Ramiz Usmonov konserti hamda Milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabi hisobot konserti bo‘lib o‘tadi. Festival Pyotr Chaykovskiyning «Oqqush ko‘li» baleti ijrosi bilan yakunlanadi.

Festival doirasida mahorat saboqlari, ijodiy muloqotlar, konsert va spektakllar namoyishi bo‘lib o‘tmoqda.

Festival dasturi Afisha.uz saytida e’lon qilingan.