Bahrom Qurbonovich Sharipov «O‘zbekipaksanoat» Assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 12 apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar qilmoqda hukumat portali.

Ipakchilik sohasini tubdan yaxshilash ishlari bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan «O‘zbekipaksanoat» Assotsiatsiyasi Prezidentning 29 martdagi qarori bilan tashkil etilgan edi.