Erkin Yuldashev O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari etib tayinlandi, deb xabar berdi Bosh prokuratura matbuot xizmati. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 aprel kuni shu haqdagi qarorni imzoladi.

Erkin Yuldashev shu vaqtga qadar Toshkent prokuraturasi bo‘limlaridan birida katta prokuror lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.