O‘zbekiston Mehnat vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi boshlig‘i Ulug‘bek Nazarov o‘z vazifasidan ozod qilindi, deb xabar qildi agentlik vakili «Gazeta.uz"ga. U tashkilotga 2013 yildan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Uning birinchi o‘rinbosari Xo‘jabaxlil Asomov agentlik boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlandi.

Agentlik so‘nggi haftalarda Koreya Respublikasida ishlashni xohlovchilarni ro‘yxatga olish va imtihon qilish jarayoni bilan bog‘liq muammolar sababli tanqid ostida qolgan edi. Seshanba kuni test sinovlar natijalari bekor qilingani haqida ma’lum bo‘ldi.