O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpuslar va xalqaro tashkilotlar vakillari 13−14 aprel kunlari Qoraqalpog‘istonga tashrif buyurdi. Tanishuv safari BMTning «Orolbo‘yi mintaqasi uchun inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojeasidan zarar ko‘rgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash» qo‘shma dasturi tashabbusi bilan tashkil etildi.

BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisnerning ma’lum qilishicha, tanishuv safaridan ko‘zlangan maqsad BMT Qo‘shma dasturining birinchi bosqichida erishilgan natijalar bilan tanishish, qatnashchilarga donorlarning keng ishtiroki orqali tuzilishi taklif qilinayotgan ko‘psheriklik fondining hamda Orolbo‘yi mintaqasi rivojiga qaratilgan sa’y-harakatlarni birlashtirishning ahamiyati haqida ma’lumot berishdan iborat. Uning ta’kidlashicha, Kuvayt elchisi, Rossiya elchixonasi hamda TIKA (Turkiya) va KOICA (Janubiy Koreya) vakillaridan iborat mehmonlar mazkur global ko‘lamli muammoga qiziqish bildirgan.

«Ikkinchi faza [BMT Qo‘shma dasturi] doirasida BMT agentliklari va hukumat o‘rtasidagi qo‘shma tadbirlarni muvofiqlashtirish uchun platforma vazifasini bajaruvchi maqsadli ko‘psheriklik fondini tashkil etish taklif qilinmoqda», — dedi BMTning doimiy vakili.

«Barcha insonlar bu yerga kelishi, ushbu zanglagan, o‘layotgan kemalarni ko‘rishlari lozim, deb hisoblayman. Bu ularga o‘z navbatida insonning tabiiy resurslarga bemisl zarar yetkazgani haqida eslatma bo‘lib xizmat qilishi zarur», — dedi Mo‘ynoqdagi kemalar qabristonida bo‘lgan Stefan Prisner.

Safar ishtirokchilari BMT Qo‘shma dasturi birinchi fazasidan ko‘mak olgan Orolbo‘yidagi korxonalar va ijtimoiy ob’ektlarga tashrif buyurishdi.

Foto

Milliy kashtado‘zlik va suvenirlar ishlab chiqarish sexi.

Manzura Yerniyazova.

«Orol» Qishloq vrachlik punkti

Mum va tabiiy asal ishlab chiqarish