14 aprel kuni Fransiya tashqi ishlar va xalqaro taraqqiyot vaziri Jan-Mark Ero rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida, Tashqi ishlar vazirligida va boshqa darajalarda uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Mart oyi oxirida Parijda Markaziy Osiyoning besh davlati va Fransiya TIV rahbarlari uchrashuvi bo‘lib o‘tgan edi. Unda Jan-Mark Ero Markaziy Osiyo mintaqasi bilan muloqotning yangi bosqichini ochish rejasi to‘g‘risida ma’lum qilgan edi.