Gulistondagi (Sirdaryo viloyatining ma’muriy markazi) Mustaqillik ko‘chasi O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov sharafiga qayta nomlandi. Bu haqda viloyat hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Mazkur markaziy ko‘cha Namuna, Sayqal va Shodlik mahalla fuqarolar yig‘inlari hududidan o‘tgan bo‘lib, unda viloyat hokimiyati binosi ham joylashgan.

Shaharlardagi markaziy ko‘chalarga Islom Karimov nomini berish Prezident Shavkat Mirziyoyevning 25 yanvardagi qarorida belgilangan.

Avvalroq Toshkentdagi markaziy ko‘chalardan biri — O‘zbekiston ko‘chasiga ham Islom Karimov nomi berilgan edi.