O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari JCH-2018 Osiyo saralash bosqichi oltinchi turi doirasida Suriya jamoasi bilan mehmonda uchrashadi. O‘yin 23 mart kuni 17:00 da Malayziyada bo‘lib o‘tadi.

Saralash bosqichi ikkinchi davrasi oldidan O‘zbekiston hisobida тўққиз ochko bo‘lib, «A» guruhida Saudiya Arabistoni (11 ochko) va Koreya Respublikasi (10 ochko) yetakchilik qilmoqda.

Bugungi kunga qadar O‘zbekiston va Suriya ikki marotaba to‘qnash kelgan. 1996 yilgi Osiyo Kubogida suriyaliklar g‘alaba qozongan bo‘lsa (1:2), yaqindagina JCH-2018 saralash bosqichida Samvel Babayan shogirdlari 1:0 hisobida ustun keldi.