O‘zbekiston milliy mobil aloqa operatori UZMOBILE kompaniyasiga Vladimir Kravchenko direktor etib tayinlandi. U shanba kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlarga tanishtirildi.

Bunga qadar Vladimir Kravchenko kompaniya tijorat direktori lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

UZMOBILE — UZTELECOM telekommunikatsiyalar milliy operatorining filiali. Kompaniya CDMA-450 EV-DO va GSM standartlarida ishlaydi.