O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida mamlakat hududlari bo‘ylab safarlarini davom ettirmoqda. O‘zA ma’lumotlariga ko‘ra, 10 mart kuni davlat rahbari Buxoro viloyatiga keldi.

Yil boshidan buyon Prezident Toshkentdagi turli ob’ektlarga tashrif buyurishdan tashqari, Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati, Surxondaryo va Qashqadaryoga safar qildi.