2-mart kuni bo‘lib o‘tgan hisobot-saylov anjumanida O‘zbekiston Voleybol federatsiyasi rahbariyatining yangi tarkibi saylandi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

“O‘ztransgaz” kompaniyasi boshqaruvi raisi Ergash Shoismatov bir ovozdan sport tashkilotining yangi prezidenti etib saylandi. “Dori-Darmon” kompaniyasi boshqaruv raisi Abdug‘ani Komilov uning birinchi o‘rinbosari etib saylandi. “Ark Eko Tekstil” korxonasi direktori Sherzod Xushvaqtov o‘rinbosar bo‘ldi. Sanjar Abdullayev bosh kotib lavozimini egalladi.

MOQ xabarida qayd etilishicha, so‘nggi yillarda sobiq prezident Shukurullo Mahmudov boshchiligidagi federatsiya rahbariyati tomonidan voleybolni rivojlantirishga yetarli darajada e’tibor qaratilmadi.

Marosimda Voleybol federatsiyasining 2013−2016-yillardagi hisoboti tinglanib, kelgusidagi maqsad va vazifalar belgilab olindi.