O‘zbekiston Zamonaviy beshkurash federatsiyasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tdi. Federatsiyaning «Gazeta.uz"ga xabar qilishicha, Real Expert Pharm direktori Farrux Fazliyev yangi tashkil etilgan federatsiya prezidenti etib saylandi.

Zamonaviy beshkurashda sportchilar ot sporti, qilichbozlik, o‘q otish, yugurish va suzish bo‘yicha bellashadi.

Mart-aprel oylarida zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionatini o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, uning yakunlariga ko‘ra mazkur sport turi bo‘yicha mamlakat milliy terma jamoasi shakllantiriladi.

Federatsiya xalqaro birinchilik va musobaqalarda ishtirok etish uchun Xalqaro zamonaviy beshkurash kengashiga a’zo bo‘lishni mo‘ljallamoqda.