Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) 9-fevralda e’lon qilingan yangilangan reytingida O‘zbekiston terma jamoasi 63-o‘ringa tushdi.

Yanvar oyida O‘zbekiston dunyoning kuchli futbol jamoalari ro‘yxatida 61-o‘rinni band etgan edi. O‘tgan oyda Samvel Babayan shogirdlarining 125-o‘rinda turgan Gruziya termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini durang (2:2) bilan yakunlandi.

Osiyo futbol konfederatsiyasi termalari orasida eng yaxshi natijani Eron (32-o‘rin) qayd etgan bo‘lsa,keyingi pog‘onalarni Janubiy Koreya (39), Yaponiya (52), Avstraliya (54) va Saudiya Arabistoni (56) band qildi. Beshta futbol jamoasining esa reytingdagi o‘rinlari pastladi.

Birinchi beshlikda Argentina o‘z o‘rnini saqlab turibdi, keyingi navbatda Braziliya, Germaniya, Chili va Belgiya bormoqda.