14-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan hukumat majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik — har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak” ma’ruzasi kitob holida nashr etildi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur yig‘ilish mamlakatni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan edi. Prezident o‘z ma’ruzasida iqtisodiyotni boshqarish, uni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish borasida keyingi paytda turli vazirlik va idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va nuqsonlarni ochiq va xolis tanqid qilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflarni ilgari surgan edi.

Kitob “O‘zbekiston” matbaa-nashriyot ijodiy uyi tomonidan o‘zbek va rus tillarida chop etildi.