Ilgari «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyatiga tegishli bo‘lgan Bobur ko‘chasidagi bino Respublika baynalmilal madaniyat markaziga beriladi va Do‘stlik saroyi deb nomlanadi. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Respublika baynalmilal madaniyat markazi tashkil etilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuvdagi nutqida ushbu taklifni ilgari surdi.

«Yaqinda menga moslashtirilgan binolarda joylashgan qator markazlarning bir guruh faollari o‘zlarining mehnat sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashish to‘g‘risida murojaat qildi», — dedi davlat rahbari.

«Biz mazkur binoni rekonstruksiya qilish va uning atrofini obodonlashtirishni ko‘zda tutadigan tegishli hukumat qarorini qabul qilamiz», — deya qayd etdi u. Prezident milliy madaniyat markazlarini qo‘llab-quvvatlash uchun barcha zarur ishlarni amalga oshirishiga ishonch bildirdi.

Mamlakat rahbari bosh vazir Abdulla Aripovga tegishli idoralar bilan birgalikda, bir oy muddatda mazkur bog‘ hududida O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha elu elat vakillarining o‘ziga xos madaniyati, urf-odatlari va pazandachilik an’analarini namoyish etishi uchun pavilonlar barpo qilish loyihasini ishlab chiqish vazifasini topshirdi.