O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-yanvar kuni Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 25 yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida. Hujjat O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Farmon bilan bir kishi “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni, bir kishi I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan, ikki kishi II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan, “Do‘stlik” — to‘rt, “Mardlik” ordeni bilan- to‘qqiz, “Jasorat” medali bilan — 48, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan — 37 nafardan Vatan himoyachilari mukofotlandi.

To‘qqiz nafar Vatan himoyachisi vafotidan so‘ng taqdirlandi.