O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 3-yanvardagi qarori bilan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha Axborot-tahliliy departamenti tashkil etiladi. Bu haqda Norma.uz xabar qildi.

Departament bosh vazir rahbarligida faoliyat yuritadi va O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosariga bo‘ysunadi. Departamentning Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha bosh va yetakchi mutaxassislari Vazirlar Mahkamasining o‘zlari bo‘lib turgan hududdagi vakolatli vakili hisoblanadi.

Departament vakolatlari doirasidan normativ-huquqiy aktlar ijrosi, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va poytaxt , shahar va tumanlar hokimiyatlari bilan hamkorlik qilish, axborot-tahliliy ishlar va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, ular ijrosini monitoring va nazorat qilish kabi vazifalar o‘rin olgan.

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, xalq hayoti sifati va darajasini oshirish, aholi bilan hamkorlik va muloqot sohalarida tahlillarni olib borish departamentning ustuvor vazifalari hisoblanadi.