12-dekabrdan 3-yanvargacha Mumdayda (Hindiston) IIFL Wealth 2nd Mumbai International Chess Tournament xalqaro shaxmat musobaqasi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi O‘zbekiston shaxmat fedaratsiyasi.

Standart shaxmat bo‘yicha musobaqada dunyoning turli mamlakatlaridan 218 nafar sportchi ishtirok etdi. Jumladan, O‘zbekiston nomidan Sarvinoz Qurbonboyeva (jahon reytingida 2274 ochko) to‘qqiz tur natijasiga ko‘ra olti ochko to‘plagan holda ayollar o‘rtasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada ukrainalik grossmeyster Adam Tuxayev (2516) g‘olib bo‘ldi.

Qayd etish joizki, 13−18-dekabr kunlari Olongapo shahrida (Filippin) o‘tgan ayollar o‘rtasidagi xalqaro musobaqada Qurbonboyeva bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.