Suriya armiyasi Halabni jangarilar qo‘lidan to‘liq ozod qildi

Halab shahri terroristlardan to‘liq ozod qilindi va hukumat qo‘shinlari nazorati ostida, deb xabar qildi Suriya armiyasi qo‘mondonligi. Bu strategik ahamiyatga ega g‘alaba bo‘lib, terroristlar va ularni qo‘llab-quvvatlayotganlar uchun yakson qiluvchi zarbadir, deyiladi xabarda. Halab ko‘chalari odamlar va mashinalar bilan to‘lgan, shahar aholisi ommaviy ravishda shaharning to‘liq ozod qilinganini nishonlamoqda. // RIA Novosti

Qozog‘istonda terrorizm uchun javobgarlik kuchaytirildi

Qozog‘iston Prezidenti terrorizm va ekstremizm uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan qonunga imzo chekdi, deb xabar qildi respublika rahbari matubot xizmati. U terrorizm, terrorizm hamda noqonuniy qurol va giyohvand moddalarning noqonuniy almashinuvi uchun jinoiy va ma’muriy javobgarlikni yanada kuchaytirishga yo‘naltirilgan. Qonun qurol aylanmasi va uni olib yurish ustidan nazoratni ham kuchaytiradi. Hujjat tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar amalga oshirilishi xavfi tug‘ilganda tarmoqlar va aloqa vositalarini o‘chirish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, mamlakatda foydalanilayotgan va unga olib kirilayotgan barcha qurilmalarning IMEI-kodlari yagona bazasini shakllantirish, ularni ro‘yxatga olishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tuzatish ham kiritilmoqda.

Yaponlar imperatorni tug‘ilgan kuni bilan tabriklamoqda

Foto: ntv.ru.

33 mingdan ziyod kishi juma kuni Tokiodagi saroyga tashrif buyurib, imperator Akixitoni 83 yoshga kirgani bilan tabrikladi, deb xabar qildi Imperator saroyi boshqarmasi. Bu monarx boshqaruvidagi 28 yil ichida rekord natija hisoblanadi. Ehtimol, bu Akixitoning taxtni o‘z vorisiga qoldirish istagini bildirgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masala bir yil davomida hal bo‘lgan taqdirda, taxt imperatorning katta o‘g‘li merosxo‘r shahzoda Naruxito qo‘liga o‘tadi. Imperator va uning oilasi kun davomida uch marotaba yig‘ilganlar bilan salomlashish uchun chiqdi.

“Yil oxiriga juda oz qoldi. Sizlarga yangi yil yorqin va sokin bo‘lishi tilab, salomatligingiz va baxtingiz uchun duo qilaman”, — dedi imperator. // RIA Novosti

Britaniyada yashovchi nemis iti dunyodagi eng katta kuchuk deb topildi

Britaniyada yashovchi Freddi laqabli nemis iti dunyodagi eng katta kuchut deb tan olindi va Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritildi. Freddi orqa yoqlarida turganida uning bo‘yi 230 sm bo‘lib, vazni qariyb 89 kg. Hozirda kuchuk 4 yoshda. Jonivor qovurilgan tovuq va yeryong‘oq yog‘ini xush keladi. Itning xo‘jayini Kler Stounmen Freddi hamda uning singlisi Fler uchun yiliga 12,5 funt sarflaydi. // RIA Novosti