Yangi yil bayrami archalari poytaxtning to‘qqizta maydonida o‘rnatiladi, deya xabar qildi poytaxt hokimiyati axborot xizmati.

«Gazeta.uz» avvalroq xabar qilganidek, asosiy bayram sayri «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog‘i yaqinida bo‘lib o‘tadi. Qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraksionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi

Ayni paytda avtotransport vositalarining kirib chiqishi va to‘xtash joylari belgilanmoqda; mazkur maydonga borish yo‘llarida keng obodonlashtirish va bayramona bezash ishlari olib borilmoqda. Madaniyat va sport ishlari vazirligi va tegishli mutasaddi tashkilotlar yangi teatrlashtirilgan dasturlar ustida ish olib bormoqda.

Yangi yil archalari Toshkentning bayram tadbirlari bo‘lib o‘tadigan yana sakkiz joyiga o‘rnatiladi:

  • «Mustaqillik va Ezgulik» maydoni;
  • Roison Elektronics korxonasi oldi maydoni (Algoritm dahasi);
  • «Saylgoh» maydoni (Yunusobod tumani);
  • «Xadra» maydoni (Shayxontohur tumani);
  • Markaziy ofitserlar uyi (sobiq Aviasozlar saroyi) oldidagi maydon (Yashnobod tumani);
  • «Baxtdiyor guzari» maydoni (Sergeli tumani);
  • «Lokomotiv» istirohat bog‘i (Mirzo Ulug‘bek tumani);
  • «Quyoshcha nuri» bog‘i (Bektemir tumani).