Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston Prezidenti lovozimiga saylangani bilan tabrikladi, deya xabar qildi Belarus rahbari matbuot xizmati.

«Saylov yakunlari Sizning mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan bunyodkorona ishlaringiz yurtdoshlaringiz tomonidan ijobiy baholangani haqida guvohlik bermoqda», — deyiladi tabrikda.

Aleksandr Lukashenko Belarus-O‘zbekiston hamkorligini kengaytirish bo‘yicha kontsruktiv muloqot va birgalikdagi sermahsul ishlarni davom ettirishdan manfaatdor ekanini tasdiqladi.