“Milliy tiklanish” Demokratik partiyasidan O‘zbekiston prezidentligiga nomzod Sarvar Otamuratov Toshkentning Yunusobod tumanidagi 584-saylov uchastkasida ertalabki 10:00 da ovoz berdi, deya xabar qildi “Gazeta.uz” muxbiri.

Nomzod 5-maktabda joylashgan saylov uchastkasiga kelishdan avval 411 kishi — ro‘yxatdan o‘tgan jami saylovchilarning 15 foizi o‘z ovozini berib ulgurgan edi.

Ovoz berish jarayonini mahallik hamda KXR va rossiyalik xalqaro kuzatuvchilar kuzatib turdi.