29-noyabrdan 5-dekabrgacha Pattaye (Tailand) bodibilding va fitnes bo‘yicha VIII jahon chempionati (8th WBPF World Championships 2016) bo‘lib o‘tadi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bodibilding va fitnes federatsiyasi.

2-dekabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi vakili Pavel Umurzakov 40−49 yoshdagi 23 nafar sportchi orasida “bodibilding ustasi” toifasida eng yaxshi deb topildi. Bu O‘zbekiston tarixida bodibilding bo‘yicha jahon chempionatining birinchi “oltin” hisoblanadi.

Pavel Umurzakov -bodibilding va fitnes bo‘yicha 2014 va 2016 yillardagi amaldagi mutlaq chempion, ikki karra Osiyo chempioni, 2016 yilgi jahon chempioni.

Video