17−26-noyabr kunlari Sankt-Peterburgda (Rossiya) boks bo‘yicha V yoshlar jahon chempionati (AIBA Youth World Boxing Championships) bo‘lib o‘tadi, xabar qilmoqda sport marosimi tashkilotchilari rasmiy sayti orqali.

“Bo‘lg‘usi chempionlar shu yerda tug‘iladi” shiori ostidagi turnirda 75 mamlakat — Yevropadan 33, Osiyodan 20, Shimoliy va Janubiy Amerikadan 11, Afrikadan 9 va Okeaniyadan 2 davlatning 417 sportchisi ishtirok etadi. Eng ko‘p sportchilar birinchi o‘rta vazn (64 kg gacha) toifasida bellashadi.

Mazkur musobaqalarda O‘zbekiston termasi to‘liq tarkibda ishtirok etadi: Nurjan Serikov (49 kg gacha), Otabek Xolmatov (52 kg gacha), Shunqor Abdurasulov (56 kg gacha), Bilolbek Mirzarahimov (60 kg gacha), Abu Nuranov (64 kg gacha), Ulug‘bek Sobirov (69 kg gacha), Shoxruzbek Rustamov (75 kg gacha), Sanjar Tursunov (81 kg gacha), Shoxruz Rahimov (91 kg gacha), Abdulla Xudorganov (+91 kg).