1-dekabrdan Buxoro avtobuslarida jetonlardan to‘lov sifatida foydalanish joriy etilishi mumkin. Buxoro hokimining shu haqdagi qarori loyihasi muhokama uchun internetga joylashtirildi.

Naqd pul bilan bir qatorda to‘lov uchun qabul qilinadigan jetonlar savdosi maxsus punktlarda faqatgina plastik kartalar orqali amalga oshiriladi.

Ayni paytda Toshkent va Samarqandda avtobuslarda yo‘l haqi sifatida jetonlardan foydalanib kelinmoqda.