RIA Novosti — Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedov fuqarolardan davlat xizmatlarini ko‘rsatishda hukumat organlarida mavjud bo‘lgan hujjatlarni talab qilishni taqiqlovchi qarorni imzoladi.

Ro‘yxatga 85 nomdagi hujjat kiritildi. Jumladan, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik, sudlanganlik mavjud emasligini tasdiqlovchi, yuridik shaxslarni yagona davlat reyestridan chiqarish va chaqiriq bo‘yicha harbiy xizmatni o‘taganlik to‘g‘risidagi ma’lumot endilikda talab qilinmaydi.

Davlat organlari hukumat tasdiqlagan ro‘yxatdan o‘rin olgan hujjatlarni endilikda avtomat tartibda o‘zaro almashishlari lozim.