1−5-dekabr kunlari O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari talabalariga qisqa muddatli ta’til beriladi. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri shu haqdagi buyruqqa imzo chekdi.

“Mazkur qaror talabalar 4- dekabr kuni o‘z yashash joylari bo‘yicha konstitutsion huquqlaridan foydalanishlari va O‘zbekiston Prezidenti saylovida ovoz berishlari uchun qabul qilindi”, — deya xabar qilindi OO‘MTVdan “Gazeta.uz"ga.