3−4-noyabr kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda, xabar qildi O‘zgidromet “Gazeta.uz"ga.

Respublika bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi, joylarda kuchayishi kutilmoqda. 3-noyabr kechasi, 4-noyabr kechasi va tongida ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Shamolning tezligini 17−22 m/s ga qadar kuchayishi kutilmoqda.

Haroratning keskin sovushi 3 noyabr kunduzi boshlanadi, 4−5-noyabrda harorat kechasi 0…+2 daraja Selsiy, joylarda — -1…−2, kunduzi — +5…+7 darajagacha bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ushbu ikki kunda sel kelish xavfi bor.

Ob-ma'lumotlarining to‘liq tafsiloti bilan O‘zgidromet sayti orqali tanishib olishingiz mumkin.