29-oktyabr kuni soat 15:00 da Toshkentdagi bir necha manzilda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 27 yilligi munosabati bilan ommaviy savodxonlik aksiyasi o‘tkaziladi.

Tadbir UZINFOCOM markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda qator OTMlar hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Mazkur aksiyada ishtirok etish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yoza oladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Diktant olinadigan manzillar

  • Aloqa tarixi muzeyi (Shayxontohur tumani Navoiy ko‘chasi, 28 a);
  • Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti (Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi 25-uy);
  • Toshkent Davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (O‘zbekiston milliy Universiteti binosida, Olmazor tumani Talabalar shaharchasi Universitet-4 ko‘chasi);
  • O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti (Uchtepa tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasi G-9a mavzesi, 21 a).

Aksiyada ishtirok etish istagida bo‘lganlar www.diktant.uz saytida ro‘yxatdan o‘tishlari maqsadga muvofiq.