O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Jinoyat кодексининг 276-moddasi («Transport vositasini olib qochish»)ga o‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. O‘zgartish kiritish to‘g‘risidagi taklif parlament quyi palatasiga Bosh prokuratura tomonidan ilgari surildi.

«Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, so‘nggi uch yil mobaynida transport vositasini olib qochish jinoyatlari 65 foizga oshgan», — Qonunchilik palatasi axborot xizmati deputat Sherzod To‘xtashev so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

Qonun loyihasiga ko‘ra, og‘irlashtiruvchi holatlarsiz avtotransport vositasini olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha (amalda — 3−5 yilgacha), bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 10 yildan 15 yilgacha (amalda — 5−10 yilgacha), uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, 15 yildan 20 yilgacha (amalda — 10−15 yil) ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash ko‘zda tutilmoqda.