O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 17 sentyabr kuni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambayev bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Qirg‘iziston rahbari matbuot xizmatining xabar qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atambayevni tug‘ilgan kuni bilan qutlab, unga mustahkam sog‘lik va davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar holati va istiqbolini ham muhokama qildi.