3 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasining Toshkentdagi elchixonasiga bordi, deb xabar qiladi TIV matbuot xizmati.

TIV rahbari 31 oktyabrda 200 dan ortiq kishining fojiali o‘limiga sabab bo‘lgan Rossiya yo‘lovchi samolyotining Misr hududidagi falokati munosabati bilan ta’ziya bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.

Elchi Vladimir Tyurdenov Prezident I.A.Karimovning Rossiya Prezidenti V. V. Putin nomiga yo‘llagan dalda va hamdardlik so‘zlari uchun minnatdorlik bildirdi.