Termizda 46 nafar Afg‘oniston fuqarosi Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining qo‘shma loyihasi bo‘yicha haydovchilikka o‘qitildi. Shuningdek, yana 35 nafari tikuvchilikka tayyorlandi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Xalqaro kinologiya ittifoqiga a’zo bo‘ldi. Fevral o‘rtalarida tashkilot Rossiyada bo‘lib o‘tgan xalqaro ko‘rgazmada svergshnautser, veo, biver-yorkshir terer, pudel toy zotiga mansub itlari bilan qatnashgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida 1 iyundan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlar va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish xarajatlari byudjetdan to‘lab berilishini ta’kidlab o‘tdi. «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan «Yoshlar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan fuqarolar yuqoridagi kasblarga bepul o‘qitilishi rejalashtirildi.
1 apreldan boshlab «temir», «yoshlar» va «ayollar» daftarlariga kiritilgan ehtiyojmand oilalar yoshlari «Vatanparvar» avtomaktablarida bepul o‘qishlari mumkin bo‘ladi.
Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti 210 ta hududiy bo‘linmasi bilan birgalikda Mudofaa vazirligi tizimiga o‘tkaziladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilishda yoshlarning vatanparvarlik tuyg‘ularini tarbiyalash va ularga kasb-hunar o‘rgatish vazifalarini bajarmayotganligini ta’kidladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting