«vatandoshlar» tegli maqolalar


Toshkentda “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi
10 aprel 2023, 16:26

Toshkentda “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi

Kuzda Toshkent shahrida “O‘zbekistonliklar butunjahon forumi” o‘tkaziladi va xorijdagi eng faol vatandoshlar taqdirlanadi. Qolaversa, xorijdagi vatandoshlar orasida o‘zbek tilini keng targ‘ib qilish maqsadida maxsus onlayn mashg‘ulotlar tashkil etish ham rejalashtirilmoqda.

“Hozir siz bilan gaplashyapman, yer esa qimirlayapti”. Turkiyadagi zilzila guvohiga aylangan o‘zbekistonliklarning hikoyalari
8 fevral 2023, 13:06

“Hozir siz bilan gaplashyapman, yer esa qimirlayapti”. Turkiyadagi zilzila guvohiga aylangan o‘zbekistonliklarning hikoyalari

Turkiyaning so‘nggi 100 yillik tarixidagi eng kuchli zilzila bu mamlakatda yashovchi o‘zbekistonliklar hayotiga ham ta’sir qildi. “Uyim ko‘z oldimda quladi”, — deydi ulardan biri. “Uyda ovqatlanib, mashinada tunayapmiz”, — deydi boshqa bir vatandosh. “Gazeta.uz” Turkiyadagi o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi.

«Hech narsa qilib bo‘lmasligi — bu uyat». O‘zbekistonliklar ayni paytda Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealar haqida
4 mart 2022, 12:03

«Hech narsa qilib bo‘lmasligi — bu uyat». O‘zbekistonliklar ayni paytda Rossiyada sodir bo‘layotgan voqealar haqida

«Gazeta.uz» Rossiyada xalqaro sanksiyalar e’lon qilinganidan so‘ng rubl keskin qadrsizlanib, naqd pul va valyuta taqchilligi kuzatilayotgan, narxlar keskin oshgan sharoitda yashayotgan o‘zbekistonliklar bilan suhbatlashdi. Ular sanksiyalar va kursning tushib ketishi daromadlari hamda ular ishlayotgan kompaniyalarga qanday ta’sir ko‘rsatgani, atrofidagi holat va Moskvadagi vaziyat haqida so‘zlab berishdi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari vatandoshlar bilan doimiy aloqada — TIV
6 yanvar 2022, 12:38

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari vatandoshlar bilan doimiy aloqada — TIV

O‘zbekiston TIV Qozog‘istonning Nur-Sultondagi elchixona, Olma-ota va Aqtaudagi Bosh konsulxonalar odatdagi tartibda faoliyat yuritayotgani hamda o‘zbekistonliklar, shu jumladan, talabalar bilan doimiy muloqot o‘rnatilganini ma’lum qildi. Qo‘shni davlatdagi vatandoshlardan joriy etilgan cheklovlarga amal qilish so‘raldi. Nur-Sulton, Olmaota va Aktaudagi diplomatik vakolatxonalarning telefon raqamlari e’lon qilindi.

«Vatandoshlar» jamoat fondi tashkil etildi
11 avgust 2021, 18:10

«Vatandoshlar» jamoat fondi tashkil etildi

Xorijda vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish maqsadida prezident qarori bilan «Vatandoshlar» jamoat fondi tashkil etildi. Uning faoliyatini boshlash uchun 5 mlrd so‘m ajratiladi. Fondni Vasiylik kengashi boshqaradi, unga esa O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev raislik qiladi.

Endi xorijdagi o‘zbekistonliklar davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishi mumkin
25 iyul 2021, 10:43

Endi xorijdagi o‘zbekistonliklar davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanishi mumkin

Xorij mamlakatlarida doimiy istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolariga davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish imkoniyati yaratiladi. Ular davlat boji va boshqa to‘lovlarni chet el valyutasida xalqaro to‘lov tizimlari orqali to‘laydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting