“Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov SSSRni tiklashni targ‘ib qilgan samarqandlik pensionerni jinoiy javobgarlikka tortish haqidagi sud qarorini qo‘llab-quvvatladi. Deputatning fikricha, O‘zbekiston qonunchiligida sovet mafkurasi, davri va ramzlarini targ‘ib qilish taqiqlanishi kerak.
Sud SSSRni tiklash tarafdori bo‘lgan 74 yoshli samarqandlik fuqaroga 3 yilga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Ish materiallariga ko‘ra, u Telegram`dagi guruhda “O‘zbekiston mustaqilligi yuzaki ekani va sobiq Sovet Ittifoqi rasman tarqalmagani” haqidagi materiallar joylashtirgan.
Vladimir Putin Rossiyada imperialistik ambitsiyalar yo‘qligini aytib, bu pozitsiyani O‘zbekiston misolida tushuntirdi. “Agar kimdir bizni qandaydir imperialistik ambitsiyalarda gumon qilsa, tasavvur qiling: Sovet Ittifoqini tiklasak, bizda asosan islomiy aholi bo‘ladi”, — dedi u.
Rossiyalik siyosatchi Zaxar Prilepin SSSRga tegishli bo‘lgan barcha hududlarni tiklash taklifi bilan chiqdi. U misol sifatida O‘zbekistonni qo‘shib olib, u yerda rus tilini o‘rgatish kerakligini aytdi. Jamoatchilik taklifni mustaqillikka tajovuz sifatida baholab, TIV rasmiy nota yuborishi kerakligini ta’kidladi.
Rossiya davlat dumasi deputati Yevgeniy Fyodorov Rossiya Sobiq Ittifoq davlatlari bilan urishishga majbur bo‘lishi, ular SSSRdan noqonuniy ajralib chiqqani haqida fikr bildirdi. O‘zbekistonlik deputatlar buni “nosog‘lom fikr” deya atab, bu so‘zlarga jiddiy munosabat bildirish shart emasligini ta’kidladi.
Xitoyning Fransiyadagi elchisining Sobiq Ittifoq davlatlari suverenitetiga shubha bilan qaragan bayonoti diplomatik mojaroga sabab bo‘ldi. Qator Yevropa davlatlari bunga munosabat bildirdi, Xitoy esa SSSR tarkibidan chiqqan barcha davlatlar mustaqilligini hurmat qilishiga ishontirishga to‘g‘ri keldi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting