Xitoydagi Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi yana ikkita kumush va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Milliy terma jamoa 63 ta medal bilan medallar jadvalida beshinchi o‘rinni saqlab qoldi.
Koreyada o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida Ruslan Nurudinov ikkita oltin va bitta kumush medalni qo‘lga kiritib, qit’a chempioni bo‘ldi.
Og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionatida Akbar Jo‘rayev oltin medalni qo‘lga kiritib, jahon chempioni bo‘ldi. Ruslan Nurudinov esa kumush medalga ega chiqdi. Ikki og‘ir atletikachi chempionatda jami 6ta medal sohibiga aylanishdi.
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachi Ruslan Nurudinov Osiyo chempionatida siltab ko‘tarish mashqida 241 kg toshni ko‘tarib, jahon rekordini o‘rnatdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting